Eron parlamentining bir neça deputatlari AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qilgandan keyingi kun – 9 mayda parlamentda AQŞ bayroğini yoqib yuborişdi. Uşbu holat videosi YouTube’da joylaştirildi.

Deputatlardan biri minbarga kötarilib, prezidiumga qoğozga bosib çiqarilgan AQŞ bayroğini körsatib, uni yoqişga tuşgan. Şunda deputatning hamkasblari uning yoniga kelib, yordam bera boşlaşgan. Ular, şuningdek, yana bitta hujjatni yoqib yuborişgan. OAVning ma'lum qilişiça, bu qoğoz yadroviy kelişuv haqidagi şartnomaning nusxasi bölgan. 

Aktsiya davomida deputatlar muşt körsatgança, AQŞga qarşi şiorlarni hayqirib aytişgan. Qolgan deputatlar ham minbar tomon intilib, hamkasblarini qöllab-quvvatlaşgan. Söngra yonayotgan qoğozlar oyoq ostiga taşlanib, toptab taşlangan.

8 mayda Tramp AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qildi. U Tehronni kelişuv şartlariga zid ravişda uranni boyitişda va taqiqlangan qurol yaratişda ayblagan.