Eron oliy yetakçisi Ali Xomanaiy AQŞ prezidenti Donald Trampni, u Eron böyiça yadroviy bitimdan çiqiş töğrisidagi bayonoti vaqtida köp marta yolğon gapirganligida aybladi. Bu haqda Mehr xabar bermoqda.
«Barçangiz keça keçqurun Amerika prezidentining ahmoqona va tuşunarsiz gaplarini eşitdingiz. U öz nutqida ön martadan köp yolğon gapirdi. U ham Eron hukumatiga, har xalqiga tahdid qildi. Eron xalqi nomidan unga şunday demoqçiman: janob Tramp, sizning qölingizdan heç narsa kelmaydi!» - dedi Xomanaiy.
Uning sözlariga köra, Amerika tomonining Eronga munosabati avvaldan mamlakatning yadro sohasidagi işlanmalariga aloqador bölmagan. Bitimdan söng ham AQŞning duşmanligi saqlanib qoldi.
«Agarda biz ularning şartlarini qabul qilsak, muammo hal etilmaydi, ular yana nimanidir öylab topadi», - deya qöşimça qilib ötgan Xomanaiy.
Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, bitimda vositaçilik qilgan Yevropa davlatlariga işonç qolmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Trampning Eron böyiça qarori neft narxiga ta'sir qilgani xabar berilgandi.

















