Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil Al-Jubayrning aytişiça, agar Eron yadroviy kelişuvdan çiqib ketsa, uning mamlakati öz yadroviy qurolini yaratiş böyiça işlarni boşlaydi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.  

Al-Jubayr Saudiya Arabistoni Eron zarbasidan himoyalaniş uçun yadroviy bomba yaratişga tayyorligini tasdiqlagan.

Saudiya Arabistonining bu bayonoti AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qilgandan keyin berilgan. 

Saudiya Arabistoni yadroviy qurolning tarqatilişiga qarşi çeklovlarni qabul qilişdan boş tortmoqda. Hozirda AQŞ Saudiya Arabistoniga yadroviy reaktorlar yetkazib beradi.