Qayd etilishicha, prezident Mirziyoyev va prezident Tramp umumiy manfaatli rejalarni davom ettirish va qator o‘zaro masalalarni hal etish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, ular O‘zbekistonning muhim islohotlarni amalga oshirish, savdo va investitsiyani kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish bo‘yicha erishgan yutuqlarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi aniq sanasi ma'lum bo‘lgandi.











