Yaqinlashib kelayotgan festival haqida batafsil ma'lumot :
PizzaFest! O‘zbekistondagi pitssa sanoati sohasining eng faol va ishbilarmonlarini birlashtirgan birinchi keng miqyosli tadbirdir. Festival 12 May kuni ertalab soat 10.00 dan kechqurun 22.00 gacha, «Anhor Lokomotiv» bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Festival tashkilotchisi “Chopar” kompaniyasi.

Biz festivalning loyiha menejyeri Shirin Axundjanova bilan suhbatlashdik va bunday tadbirni ichki bozorga qanday ta'sir qilishini bilib oldik.
Nima uchun bu festivalga muhtojmiz?
Festival maqsadi - pitssa va pitssa ishlab chiqaruvchilarning madaniyati kengaytirish va sanoatni rivojlantirish uchun birlashtirish. Shubhasiz, O‘zbekistonda pitssa juda mashhur emas va keng tarqalmagan. Ko‘pgina odamlar orasida bu mahsulot qimmat va “xorijiy” degan fikr bor. Aslida, pitssa - bu bir kishi uchun emas, butun bir jamoa to‘yishi mumkin arzon mahsulot. Biz bir joyda shahrimizning turli pitssachilarini to‘plashni istaymiz, maqsadimiz sanoatni birgalikda rivojlantirish va rag‘batlantirish.
Nima uchun biz birlashamiz?
Restoran biznesida har bir korxona, boshqa korxonani raqobatchi sifatida ko‘radi. Biz ushbu biznesni birgalikda rivojlantirish uchun ushbu sanoatning, barcha ishbilarmonlarini birlashtirishni istaymiz. Ayniqsa, Dodo pizza, Pope Jones kabi mashhur brendlar O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda bu kabi tadbirlar juda muhimdir. Mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yuksak darajada baholaymiz va xorijiy kompaniyalarni bozorimizga kirib kelishi, kichik kompaniyalar uchun haqiqiy tahdid ekanini ham tushunamiz. Shuni alohida ta'kidlash joizki bugungi kunda, pitssa ichki bozorimizning bor yo‘g‘i 5 foizini tashkil etadi, xolos, shu bois barchamizda o‘sish uchun juda katta imkoniyatlarimiz bor.

“Chopar” - pitssa sanoati vakillari festival tashkilotchiligiga qaramay, qolgan ishtirokchilarga hukmronlik qilmaymiz va «ustunlikni tortib olmaymiz». Hamkorlikda festival tashkil etish tashabbusimizni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining shahar kengashi qo‘llab-quvvatlaganini va davlatimiz tomonidan mazkur tadbirni tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidlash lozim.















