Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan Özbekiston Respublikasida siyosiy boşpana beriş töğrisidagi iltimosnoma şakli tasdiqlandi.
Yangi iltimosnoma şaklida Özbekiston Respublikasida siyosiy boşpana taqdim etilişi uçun özining fuqaroligi böyiça mansub davlatda yoki doimiy yaşaş joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyat, diniy e'tiqodi, özining fuqaroligi böyiça mansub davlatda yoki doimiy yaşaş joyida irqiy yoki milliy mansubligi uçun ta'qib qilinayotgan yoki ta'qib qilişning jabrlanuvçisi bölişiga real tahdidning mavjudligi, özining fuqaroligi böyiça mansub davlatda yoki doimiy yaşaş joyida xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilişining boşqa holatlari yuzasidan ma'lumot taqdim etiş lozim.
Şuningdek, siyosiy boşpana söragan şaxs özining tuğilgan kuni, oyi, yili va joyi, fuqaroligi, millati, pasport ma'lumotlari, Özbekiston Respublikasida özi bilan birga kim yaşaşi haqida ma'lumot berişi kerak.


















