1980 yilda Kubada xalqaro grossmeyster, şaxmat böyiça 3-jahon çempioni Xose Rual Kapablanka xotira turniri bölib ötadi. Unda jahonning köpgina davlatlari qatori SSSR şaxmatçilari ham qatnaşadi. Ittifoq şaxmatçilari orasida özbekistonlik Igor Ivanov ham bor edi. Turnir tugagandan söng Moskvaga uçayotgan samolyot yonilği quyiş uçun Kanadaning Nyufaundlend orolidagi aeroportga qönadi. Şunda Ivanov samolyotdan tuşib qoçadi va Kanada hukumatidan siyosiy boşpana söraydi.

Igor Ivanov qoçib ketişidan avval va AQŞda / Foto: jessekraai.com

Igor Ivanov haqida

1947 yilda Leningradda tuğilgan Igor Ivanov yoşligidan şaxmatga qiziqadi. U sakkiz yoşida pionerlar uyida oçilgan şaxmat tögaragiga qatnaydi. Avvaliga otasidan ayrilgan Igor, 14 yoşida onasidan ham judo böladi. Maktabni bitirgaç, u Leningrad davlat universitetiga öqişga kiradi. Biroz ötib öqişni taşlab ketadi va şaxmat bilan jiddiy şuğullana boşlaydi.

Igor yoşligidan isyonkor xarakterga ega bölgan. U ulğaygaç ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumda yaşaşni xohlamaydi va SSSRdan çiqib ketiş haqida öylay boşlaydi. U döstlari davrasida bölganida doim sovet hukumatini tanqid qiladi va mamlakatni tark etiş rejasi borligini aytadi. Öşanda buning amalda iloji yöq edi. Döstlari unga bu gaplarni har joyda gapirib yurmaslikni maslahat berişadi.

Şundan söng yoş şaxmatçi Örta Osiyoga jönab ketadi. Avvaliga u biroz muddat Tojikistonda yaşaydi. Söng Özbekistonga köçib ötadi.

Toşkentda yaşagan Ivanov şaxmat bilan yanada jiddiy şuğullanadi. Yoş bolalarga şaxmatdan saboq beradi. SSSR böylab ötkazilgan köplab musobaqalarda Özbekiston nomidan qatnaşib, sovrinli örinlarni egallaydi.

Ivanov 1978 yilda Latviyaning Daugavapils şahrida ötkazilgan saralaş musobaqasida yoş şaxmatçi, bölajak jahon çempioni Garri Kasparovga yutqazib, ikkinçi örinni egallaydi.

Jahon çempionlari Gari Kasparov va Anatoliy Karpov / Foto: www.yaplakal.com

1979 yilda ötkazilgan SSSR spartakiadasida esa öşa paytda jahon çempioni bölgan Anatoliy Karpovni mağlub etadi. Öşanda u 32 yoşda bölgan. Şundan söng uning imkoniyatlarini yetarli baholaşadi va 1980 yilda Kubada ötkaziladigan Kapablanka xotira turnirida qatnaşadigan şaxmatçilar röyxatiga kiritişadi. Kubadagi musobaqagaça u yana ikkita — Yaroslavl va Aşxoboddagi musobaqalarda ğolib çiqadi.