AQŞ prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarga boşpana berişni çeklovçi hujjat imzolangani haqida ma'lum qildi. Reuters şu haqida xabar berdi. Agentlik ma'lumotlariga köra, mazkur hujjat noqonuniy muhojirlarga AQŞda qoçqin maqomi uçun hujjatlarni topşirişga yöl qöymaydi.

Manbada ta'kidlanişiça, bunday çoralar AQŞ çegarasiga bir neça ming kişilik migrantlar karvoni yaqinlaşişi bilan boğliq. 

Bundan avval Milliy xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen va boş kotib Mettyu Uitkayerlarning qöşma bayonotida Donald Tramp ma'muriyati noqonuniy migrantlarga siyosiy boşpana taqdim etişni çeklaşni taklif qilayotgani haqida ma'lum qilingan edi. 

“Bizning boşpana beriş tizimimiz noqonuniy muhojirlarning asossiz boşpana söraşga oid murojaatlari bilan haddan taşqari yuklanib ketgan. Bu esa mamlakat resurslari uçun katta yukdir”, - deyiladi qöşma bayonotda. 

Ularning fikriça, bunday vaziyat haqiqatda boşpanaga muhtoj kişilarga siyosiy boşpana taqdim etişga xalal beradi. 

Hujjatda Amerika hukumati siyosiy boşpana berişni çeklaş böyiça qanday çoralar qabul qilişi mumkinligi körsatilmagan.