Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 may sanasida «Özbekiston Respublikasida siyosiy boşpana beriş töğrisidagi» PF-5060 sonli farmoni tasdiqlangandi. Mazkur farmon asosida joriy yilning 14 aprelida Içki işlar vazirining 106-sonli buyruği çiqdi. Bu buyruq 12 may kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Buyruq asosida siyosiy boşpana söraş töğrisidagi iltimosnoma şakli tasdiqlandi. Iltimosnoma faqatgina Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yoziladi.
Iltimosnomada siyosiy boşpana sörayotgan şaxs doimiy yaşaydigan mamlakatida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e'tiqodi haqidagi ma'lumotlarni bayon qiladi, mamlakatida unga nisbatan irqiy yoki milliy mansubligi uçun ta'qib qilinayotganining real tahdidi mavjudligini körsatadi.
Siyosiy boşpana sörayotgan şaxsdan xalqaro huquqning inson huquqlariga oid qaysi normalari buzilayotganini asoslab beriş talab etiladi. Şuningdek, iltimosnomada özi va oila a'zolari töğrisida töliq ma'lumotlarni berişi kerakligi ham körsatib ötilgan.
















