“Özbekiston poçtasi” AJ boş direktori Şuhrat Maxamadnazimoviç Atamuxamedov Toşkent şahrining Uçtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.

Şuhrat Maxamadnazimoviç Atamuxamedov

Şuhrat Atamuxamedov joriy yilning 18 aprel kuni Mirzo Uluğbek tumani hokimligiga ötkazilgan Şavkatbek Ergaşev örnini egalladi.

Ş.Atamuxamedov 1975 yil Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent elektrotexnika aloqa instituti va Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. “Özbekiston poçtasi” AJ boş direktori lavozimidan avval Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş masalalari şö'basining mudiri bölib işlagan.

Şuhrat Maxamadnazimoviç Atamuxamedov

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumaniga Baxtiyor Rahmonov yangi hokim etib tayinlangani xabar berilgandi.

Oradan biroz ötib, Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Nozim Husanov Sergeli tumani hokimi lavozimini egallagani ma'lum böldi.