Kun.uz manbasiga köra, Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Musayev Bexzod Anvaroviç qömita raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Musayev joriy yilning 12 martida birinçi örinbosar etib tayinlangandi.
Boş vazir Abdulla Aripov va Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov Musayevni yangi jamoasiga rasman taniştirgan.
Eslatib ötamiz, 11 may kuni qömitaning köp yillik rahbari Botir Parpiyev boşqa işga ötkazilgani sababli Davlat soliq qömitasi raisi lavozimidan olingani ma'lum qilingandi.

















