Turkiyada Efes-2018 xalqaro harbiy maşğulotlari bölib ötdi. U yerda Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği, general-mayor Pavel Ergaşev kuzatuvçi sifatida iştirok etgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Izmirdagi Döğonbey poligonida ötkazilgan maşqlarni Gruziya, Qozoğiston, Sudan, Bosniya va Gertsegovina, Kuvayt, Nigeriya, Qatar, Ruminiya boş ştablari boşliqlari, Islom davlatlari terrorçilikka qarşi koalitsiyasi qöşinlari boş qömondoni Rahil Şarif kuzatib borgan.

Maşqlarga 7500 kişi, jumladan, AQŞ, Ozarboyjon, Bangladeş, Baxrayn, Buyuk Britaniya, Bosniya va Gertsegovina, Jazoir, Gruziya, Italiya, Iordaniya, Qozoğiston, Kosovo, Kuvayt, Vengriya, Makedoniya, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Ruminiya, Slovakiya, Saudiya Arabistoni va Iordaniyadan 945 nafar harbiy xizmatçi jalb etilgan.