Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi
“Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu davrgacha muayyan tadbirlarni yoritish uchun ma'lum bir belgilangan muddatli ruxsatnomalar berilgan, biroq mamlakatda emin-erkin faoliyat yuritish uchun hali amerikalik biror bir jurnalist bunday maqomga bugungi kungacha ega bo‘lmagan edi.
Navbahor Imomova Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilasida ulg‘aygan. «Amerika Ovozi»da 2002 yildan beri ishlaydi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. «Amerika manzaralari» turkumidagi teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir.
Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O‘zbekiston radiosining «Xalqaro hayot» tahririyatida boshlagan. O‘zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo‘yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur universitetidan, magistrlikni esa AQShning Bol Davlat universitetidan olgan. Shuningdek, Garvard universitetidan Davlat boshqaruvi va liderlik bo‘yicha magistrlik diplomiga ega.
Navbahor Imomova Vashingtonda Markaziy Osiyo bo‘yicha etakchi mutaxassis. 16 yildan beri Amerikaning mintaqaga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh orasidagi munosabatlarni va ular ortidagi omillarni yaqindan yoritib, tahlil qilib keladi. Shuningdek, Amerikada yashovchi o‘zbeklar va boshqa markaziy osiyoliklar hayoti haqida chuqur bilimga ega. Diaspora mavzusida G‘arb siyosiy va ilmiy doiralarida ma'ruzalar o‘qiydi va bu borada qator maqola va materiallar muallifi. Navbahor Imomova nufuzli oliygohlarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan bog‘liq boshqa mavzularda so‘zlab tanilgan. Garvard Universitetida Markaziy Osiyo klubini boshqargan.
Navbahor Imomova Kongress a'zolari, Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon va boshqa vazirliklarda yuqori lavozimli rasmiylar bilan muloqotlar qilib turadi. Vashington va boshqa joylardagi tahlil va tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanish.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026