Jahon | 07:54 / 12.05.2018
31794
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadan otilgan raketa Isroildagi to‘yda sarosima keltirib chiqardi (video)

Suriya hududidan Isroil tomon otilgan raketalardan biri to‘y mehmonlari orasida sarosima keltirib chiqardi. Bu holat videosi YouTube’da joylashtirildi.

Videoda dastlab havo trevogasi signali yangrayotgani, keyin esa osmonda raketa paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin kelin-kuyov va mehmonlar to‘y o‘tayotgan joyni shoshilinch ravishda tark etishgan.

10 may kuni Isroil armiyasi matbuot xizmati Eronning Suriyadagi kuchlari Isroilning Golan tepaliklaridagi pozitsiyalariga 20 taga yaqin raketa otganini ma'lum qilgandi. Isroil bunga javoban Eronning pozitsiyalariga zarba bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid