AQŞ prezidenti Donald Trampning maslahatçisi Kelli Sedler «ölayotgan» senator Jon Makkeyn haqida hazil qildi va köpçilikning ğazabini keltirib çiqardi. Bu haqda The Hill yozmoqda.
Naşr manbasining aytişiça, «hazil» Jina Xaspelni MRB rahbari etib tayinlaş böyiça yopiq yiğilişda aytilgan. Sedler, xabar berilişiça, Makkeynning fikriga quloq tutiş kerak emasligi, sababi u «baribir ölayotgani»ni ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, Trampning maslahatçisi hazil qilmoqçi bölgan, biroq yiğilişda qatnaşayotganlar bunday hazilni tuşunişmadi. Şundan söng Sedler senatorning qizi Megan Makkeynga qönğiroq qilib, uzr söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makkeyn saraton bilan yana qança yaşaşini bilmasligini aytgandi.












