Toşkent viloyati Zangiota tumanida “Zangiota tumani – Özbekiston Respublikasida fan, ta'lim va soğliqni saqlaş sohasidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ularni an'anaviy va xalqaro tajribalar asosida amalga tatbiq etiş innovatsion maydoni” innovatsion loyihasi doirasida “Köz kasalliklarini davolaşda innovatsion yondaşuv” mavzusida 2-Xalqaro ilmiy-amaliy seminar bölib ötdi.


Şuningdek, Toşkent viloyati Zangiota tumanining markaziy poliklinikasida 3 oylik dastur asosida qişloq aholisi uçun taşxis qöyiş va köz kasalliklarini davolaşda “Yorqin nigoh” köz kasalliklari innovatsion kabinetining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

“Zangiota tumani – Özbekiston Respublikasida fan, ta'lim va soğliqni saqlaş sohasidagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, ularni an'anaviy va xalqaro tajribalar asosida amalga tatbiq etiş innovatsion maydoni” innovatsion loyihasi Zangiota tumani hokimligi, “Şarq ayoli” Xalqaro ayollar jamoat fondi hamkorligida amalga oşirilmoqda.


Bugungi kungaça uşbu loyiha asosida Yevgeniy Primakov boşçiligidagi “Rus gumanitar missiyasi” avtonom notijorat taşkiloti mablaği hamda “Şarq ayoli” Xalqaro ayollar jamoatçilik fondini qöllab quvvatlaşi natijasida Zangiota tumani innovatsion maydonida qator yirik işlar amalga oşirildi.
Zangiota tuman aholisi uçun 3 oylik tibbiy körik dasturi amalga oşirildi. Buning natijasida aholiga beğaraz 5 mingta test 11 ta körsatkiç asosida “Biosensoran” Rossiya kompaniyasi tomonidan berildi.






















