Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjondan Rossiyani chetlab o‘tgan holda Yevropaga gaz yetkazuvchi quvur qachon ishga tushishi ma'lum qilindi
Ozarboyjon Turkiyaga, so‘ngra Rossiyani chetlab o‘tgan holda Yevropaga gaz yetkazadigan Transanatoliya gaz quvuri – TANAP 12 iyunda ishga tushiriladi. Bu haqda Turkiya energetika vaziri Barat Albayrak ma'lum qildi.
Uning aytishicha, gaz quvurining ochilishi marosimida Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev ishtirok etadilar.

TANAP “Gazprom”ning “Turk oqimi”ga muqobil bo‘lishi kerak bo‘ladigan, Janubiy gaz yo‘lagining eng uzoq cho‘zilgan qismi hisoblanadi. Gaz quvurining dastlabki quvvati yiliga 16 mlrd kubmetrni tashkil qiladi, keyinroq esa 31 mlrd kubmetrgacha yetkaziladi. Bu hajmdan 6 mlrd kubmetri turk iste'molchilariga, qolgani esa loyihalanayotgan Transadriatik gaz quvuri orqali Yevropaga yetkaziladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
17:32 / 19.06.2026