Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyadagi yadroviy qurollarni demontaj qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Pxenyandan AQShning Shimoliy Koreyadagi yadroviy qurollarni demontaj qilishni amalga oshirishiga va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (MAGATE) yadroviy obektlar inspeksiyada qatnashishiga rozi bo‘lishiga erishmoqchi. Bu haqda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton ABC telekanali efirida aytib o‘tgan.
Unga Vashington Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi ostida nimani tushunishi haqida savol berilgan. “Bu Shimoliy Koreya bilan ba'zi munozaralarni talab qiladi. Ular o‘z yadroviy obektlarining joylashgan o‘rnini oshkor etishlariga va ularning inspeksiyasi o‘tkazilishiga ruxsat berishlariga to‘g‘ri keladi. Bunda MAGATE o‘z rolini o‘ynaydi”, deb javob qilgan Bolton.
“Yadroviy qurollarning demontaji AQSh tomonidan, ehtimol yana kimningdir yordami bilan amalga oshiriladi. Chunki demontaj MAGATE vakolatlariga kirmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Bolton.
Avvalroq Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono agar Shimoliy Koreya yadroviy dasturini bartaraf etishga rozi bo‘lsa, Yaponiya hukumati MAGATEning zaruriy inspeksiyalarini o‘tkazishi bo‘yicha dastlabki xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga roziligini bildirgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026