Yevropa investitsion banki (YeIB) Özbekistonga umumiy qiymati 500 mln dollar bölgan ilk kreditlarni taqdim etişga tayyorlanmoqda. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali xabar berdi, deb yozyapti Spot.

«Yevropa investitsion banki öz faoliyatini hadli kreditlarni ajratiş yöli bilan boşlaşga tayyor. Moliyalaştiriş hajmi qariyb 500 mln dollarni taşkil etadi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka tayangan holda.

Telekanal ma'lumotlariga köra, YeIB mablağlarni suv resurslarini boşqariş, issiqlik ta'minoti, energiya samaradorlik va agrar sohadagi loyihalarga ajratişni rejalaştirmoqda.

«Moliyalaştiriş şakli (hadli kreditlar) – Özbekistonga öz manfaatlari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda moliyalaştiriş mumkin bölgan loyihalarni tanlaşda katta yöl oçib beradi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka asoslanib.

Özbekiston va Yevropa investitsion banki mamlakat hududida bank faoliyati böyiça kelişuvni 2017 yilning oktabrida imzolagan.