Bugun, 13 may kuni Angliya premer-ligasida mavsumning oxirgi tur uchrashuvlari o‘tkazildi va mavsum rasman yopildi. Tur o‘yinlari natijalariga ko‘ra, keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etadigan 4 jamoa, Yevropa Ligasida ishtirok etadigan 2 jamoa va ligani tark etgan 3 jamoa nomi uzil-kesil aniq bo‘ldi:
Chempionlar Ligasi: «Man Siti», «MYu», «Tottenhem», «Liverpul»;
Yevropa Ligasi: «Chelsi», «Arsenal», «Byornli»;
Chempionship: «Suonsi», «Stok Siti», «Vest Bromvich».

2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Angliyaning 4 jamoasi ham YeChLni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida boshlaydi.

«Tottenhem» – «Lester»

Foto: twitter.com/@premierleague

Turning gollarga boy o‘yini Londonda «Uembli» o‘yingohida kuzatildi. Unda mezbon jamoa «Tottenhem» «Lester»ga qarshi o‘ynab, 1:3 hisobida ortda bora turib, yakunda 5:4 hisobidagi g‘alabaga erishdi. O‘yinda Vardi va Keyn dubl muallifi bo‘lishdi.

Bu irodali g‘alaba evaziga «shporlar» mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi, «Lester» 9-o‘rindan pastga tushib ketmadi.

Tottenhem – Lester 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 0:1 – 4 Vardi, 1:1 – 7 Keyn, 1:2 – 16 Mahrez, 1:3 – 47 Ixeanacho, 2:3 – 49 Lamela, 3:3 – 53, avtogol Fuks, 4:3 – 60 Lamela, 4:4 – 73 Vardi, 5:4 – 76 Keyn.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters, Eriksen, Sissoko (Son Xin Min, 84), Dayyer, Lamela (Sanches, 78), Lukas Moura (Alli, 74), Vanyama, Keyn.
Lester – Yakupovich, Simpson (Chouduri, 56), Fuks, Morgan, Maguayr, Grey (Diabate, 61), Mahrez, Adriyen Silva, Iborra, Vardi, Ixeanacho (Barns, 85).
Ogohlantirishlar: Vanyama (55), Chouduri (83), Adriyen Silva (90).

«Haddersfild» - «Arsenal»