Jamoaviy murojaatlar portali — Meningfikrim.uz’da Ibrohim Norov muallifligida «Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni oliy darajadagi mukofot «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlaş haqida»gi taklif paydo böldi.
«Hurmatli senatorlar va deputatlar! Özbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytidagi «Mukofotlar» rukniga kirilganida, Yurtboşimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev davlat va boşqaruv organlaridagi köp yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltiriş işiga ulkan hissa qöşgani uçun «Mehnat şuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenlari bilan taqdirlanganligini körişimiz mumkin. Lekin bizning fikrimizça, uşbu insonning qilgan barça harakatlariga davlatimiz tomonidan hali yetarliça baho berilmagan va hozirça munosib ravişda taqdirlanmagan. Bizning hayotimizga yorqin nur olib kirgan, xonadonlarimizda xursandçilikni köpaytirgan, qöşni xalqlar bilan munosabatlarni yuqori poğonalarga kötargan, qişloqlarimiz va şaharlarimizni gözal qilib berayotgan Yurtboşimizni Allohning özi asrasin. Xalqimiz ardoğidagi Prezidentimiz munosib ravişda taqdirlanişi kerak», deyiladi murojaatda.
Murojaat ostida fikr bildirganlarning barçasi Şavkat Mirziyoyev uşbu oliy mukofotga loyiq ekanligini ta'kidlaşgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimov ham hayotligida «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan edi. Uşbu yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar orasida Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov ham bor.

















