Sport | 08:50 / 14.05.2018
6891
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Foto: Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri 2017/2018 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Liga 1’ning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati «Tvitter»da xabar bergan.

«PSJ» hujumchisi Neymar eng yaxshi o‘yinchi deb tan olindi. Braziliyalik futbolchi sovrinni o‘z hamyurti, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldoning qo‘lidan qabul qilib oldi.

Neymar «PSJ»ga «Barselona»dan o‘tgan yilning yozida o‘tdi. Parij jamoasi uchun chempionlik bilan yakunlangan mavsumda 26 yoshli futbolchi 19ta gol urdi va 13ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Liga 1’ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb «PSJ»ning yana bir a'zosi Kilian Mbappe topildi. U parijliklar uchun 28 o‘yinda 13ta gol urdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Liga 1’dagi chempionlikni 15 aprel kuni rasmiylashtirdi. O‘sha kuni klub Fransiya chempionati 33-turi doirasidagi bahsda «Monako»ni 7:1 hisobida taslim etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid