Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan belgilanişiça, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi mijozlarni mobil aloqa raqamiga boğliq holda masofadan identifikatsiya qiliş mexanizmining samarali işlaşini ta'minlaş maqsadida 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmoği abonenti boşqa mobil aloqa tarmoğiga ötganda telefon raqamini saqlab qoliş tartibini işlab çiqadi va tasdiqlaydi.













