Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov yirik nemis kompaniyalarini respublikada öz biznesini oçişga çaqirdi.

Uning sözlariga qaraganda, Özbekiston Germaniya bilan özaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş va Germaniya sarmoyalarini jalb qilişdan manfaatdordir.

«Biz Germaniyaning yetakçi kompaniyalarini hamkorlikda loyihalarni amalga oşirişga taklif qilamiz, ular bizning savdo-iqtisodiy hamkorligimizni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqiş imkonini beradi», - dedi Aripov Toşkentdagi Özbekiston-Germaniya biznes-forumida. 

Hukumat, uning bildirişiça, mamlakatda işlaş uçun barça zarur şaroitlarni yaratişga tayyor. «Xususan, biz hozirgina Germaniya-Özbekiston kengaşi yiğilişida Toşkentda nemis sanoat zonasini taşkil etiş masalasini muhokama qildik», - deya qöşimça qilib ötdi u.
 
Boş vazirning umid qilişiça, Özbekistonda bunday yagona sanoat zonasining paydo bölişi Germaniya sarmoyalarini jalb qilişga va ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qöşimça turtki beradi.

Şuningdek, hukumat Germaniya bilan Toşkentda birgalikda taşqi savdo palatasini taşkil etişni taklif qildi.

«Germaniyalik hamkorlarimizga Toşkentda nemis-özbek taşqi savdo palatasini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqişni taklif etamiz. Ehtimol, u Germaniya-Özbekiston işbilarmon doiralari kengaşi huzurida bölar», - dedi Aripov Germaniya işbilarmonlari oldida çiqiş qilib. 

Germaniya Özbekistonning Yevropadagi eng yirik savdo şerigidir. 2017 yil yakunlari böyiça Özbekiston-Germaniya savdo hajmi 613,2 million dollarga yetdi. Joriy yilning birinçi çoragida tovar aylanmasi 30 foizdan oşdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Aripov  Özbekistonni yaqin 2 yil içida katta özgarişlar kutayotgani haqida ma'lum qilgandi.