Aripov taklif bilan chiqdi, O‘zbekiston - Germaniya savdo palatasi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston hukumati Germaniyaga Toshkentda birgalikda tashqi savdo palatasi tuzishni taklif qildi. Bu haqda bugun bosh vazir Abdulla Aripov ma'lum qildi.
«Germaniyalik hamkorlarimizga Toshkentda nemis-o‘zbek tashqi savdo palatasini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Ehtimol, u Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmon doiralari kengashi huzurida bo‘lar», - dedi Aripov Germaniya ishbilarmonlari oldida chiqish qilib.
«Biz ko‘proq real hamkorlikka o‘tishimiz kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekiston-Germaniya iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor.
Bugun Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi ham yakunlandi.
Mavzuga oid
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024