Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyaning Orange2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga ishchi guruh yuboradi
Gretsiyaga tashrif buyurgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari Gretsiyadagi xususiy aviakompaniya - Orange2Fly prezidenti Pantelios Sofianos va ijrochi direktori Ioannis Papaslanis bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda xalqaro aviatsiya qatnovini rivojlantirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Orange2Fly - samolyotni boshqarish uchun ekipaj bilan ijaraga berishni taklif qiluvchi charter aviakompaniya. Aviakompaniya SkyGreece Airlines’ning sobiq xodimlari tomonidan 2015 yil sentabr oyida tashkil etilgan.
Aviakompaniya prezidenti O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Ishchi guruh O‘zbekistonni o‘rganish uchun jo‘nab ketadi. Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, o‘z navbatida, bozorni o‘rganish va Gretsiyadan O‘zbekistonga reyslarni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026