Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya – O‘zbekiston birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Tbilisida Gruziya-O‘zbekiston birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Novosti-Gruziya» nashri xabar berdi.
Biznes-forumda O‘zbekistonning 12ta yirik kompaniyasi va Gruziyaning 70ta kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. Gruziya-O‘zbekiston birinchi biznes-forumining tashkilotchilari Gruziya Savdo-sanoat palatasi va Gruziya-O‘zbekiston biznes uyushmasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladik. Bu ikki mamlakatning xususiy sektorlari o‘rtasida biznes aloqalarni o‘rnatish va chuqurlashtirishning dastlabki qadami hamda bugungi forum o‘zbek tomonining manfaatdorligini ko‘rsatib turibdi, chunki 12ta yirik kompaniya vakillari kelishgan», - deya ma'lum qildi Gruziya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Nino Chikovani.
O‘zbekiston ishbilarmonlari delegatsiyasi tarkibidan milliy avia va temiryo‘l kompaniyasining vakillari ham bor edi. Forumda avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shamil Burnashevning ta'kidlashicha, turizm sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta qiziqish bor. O‘zbekistonda ko‘plab odamlar Gruziyaning sayyohlik joylariga tashrif buyurishni xohlaydi, shu sababdan Gruziyada O‘zbekiston va O‘zbekistonda Gruziya sayyohlik salohiyati bo‘yicha reklama kampaniyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024