Jamiyat | 17:31 / 16.05.2018
12196
3 daqiqa o‘qiladi

26,4 mlrd so‘m! Mo‘ynoqda bir yil o‘tmasdan suv quvurlarida tez-tez avariya holatlari yuzaga kelmoqda

Foto: parliament.gov.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganish bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi ham tahlil qilinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joriy yilning aprel oyida olib borilgan o‘rganishlar tumanda tashkil etilgan sektorlar tomonidan aholining og‘irini yengil qilishga qaratilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, quyi palata deputatlarining faoliyati davomida hali yechimini kutayotgan, kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar ham mavjudligi ko‘zga tashlandi. Xususan, prezident tashabbusi bilan umumiy qiymati 26,4 milliard so‘mlik, uzunligi 101 km “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” ichimlik suvi tarmoqlarini tuman aholisiga o‘tgan yili yakunlangan edi. Ammo ushbu loyiha yakunlanganidan bir yil o‘tmasdan suv quvurlarida tez-tez avariya holatlari yuzaga kelishi natijasida tuman aholisiga toza ichimlik suvini yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda. Tumandagi “Aral” MFYni ichimlik suvi bilan ta'minlash 2018 yilgi dasturga kiritilganiga qaramay bugungi kungacha bu borada ishlar boshlanmagan.   

Shuningdek. Tuyamo‘yindan keladigan suv tarmog‘idagi suv bosimini oshirish maqsadida qo‘shimcha nasoslarni o‘rnatish lozim. Shu bilan bir qatorda tuman markaziga oqar suvning yetib kelmasligi bois, aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalana olmayotgani haqida haqli e'tirozlar bildirmoqda.

Yuqoridagi muammolar yuzasidan tahlil o‘tkazib, uni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida 10 kunlik muddatda asoslantirilgan yozma ma'lumot berilishini so‘rab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga deputat so‘rovi yuborildi.  

Mavzuga oid