Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura 1 mln dollarni to‘lamayotgan tadbirkorga nisbatan jinoiy ish ochdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hindistonlik tadbirkor Prem Nazir murojaati bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqda Prem Nazirning Facebook sahifasida ma'lum qilingan.
Unda yozilishicha, Bosh prokuratura toshkentlik tadbirkor, «Tibbiyot Dunyosi» firmasi rahbari A.B.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U yirik miqdorda firibgarlik qilganlikda gumon qilinmoqda. Jinoiy ish ochilishiga hindistonlik tadbirkor Prem Nazir asos solgan va Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan «Profil Trading Pte.Ltd» kompaniyasi bilan imzolangan shartnoma bajarilmaganiga doir vajlar asos bo‘lgan.
Nazirning sahifasida ta'kidlashicha, uning kompaniyasi 2015 yili Bo‘riyevning firmasi orqali O‘zbekistonga 1 097 580 AQSh dollariga teng vaksina yetkaziib bergan. Shundan buyon, tadbirkor o‘zbekistonlik hamkoridan pulni ololmagan. O‘zbekistonlik tadbirkor esa, vaksinalar insonparvarlik yordami sifatida keltirilganini da'vo qila boshlagan.
Prem Nazirning uqdirishicha, uning «Tibbiyot Dunyosi» bilan hamkorlik qilishida firma 105 ming dollarlik shartnoma shartini sidqidildan bajargani muhim rol o‘ynagan. Nazir shundan so‘ng, yirik miqdordagi shartnomani xavotirlanmay imzolagan. Biroq keyingi jarayonlar chuv tushirilganini anglata boshlagan.
Ta'kidlash o‘rinliki, KUN.UZ Prem Nazir murojaatini o‘rganish jarayonida edi. Eslatib o‘tamiz, Nazir rahbarlik qilayotgan «Profil Trading Pte.Ltd» firmasi O‘zbekistonda yirik farmatsevtika korxonalaridan birini barpo etishni rejalashtirayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yoshimni hisobga olsak – o‘ynamasam kerak». Messi JChga borishga ikkilanmoqda
Sport | 10:03
-
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli dorilarni olib kelganlar ushlandi
Jamiyat | 09:51
-
Donald Tramp JARdagi G20 sammitida qatnashmaydi
Jahon | 09:37
-
Xitoy delegatsiyasi 7 yilda birinchi marta Yevroparlamentga tashrif buyuradi
Jahon | 08:35
Mavzuga oid

12:21 / 10.04.2021
«Effect.uz» sayti muxbirlariga qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxatga o‘zgartirildi

20:45 / 06.04.2021
Bosh prokuratura: Effect.uz saytining ikki muxbiriga qidiruv e'lon qilingan

20:05 / 30.03.2021
Qiynoq uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

11:04 / 01.03.2021