AQŞ Davlat departamenti 2019 yil uçun «Turli millat vakillari uçun immigratsiya vizalari — DVlottery-2019» Green Card​ lotereya natijalarini e'lon qildi. 16 may kuni mahalliy vaqt böyiça 21:00dan e'tiboran, dasturning 2019 yilgi mavsumida iştirok etiş uçun ariza topşirgan barça talabgorlar natijalar bilan onlayn tartibda tanişib çiqişi mumkin.

Buning uçun 2019 raqamlari bilan boşlanuvçi tasdiqlovçi raqamlar, familiya, tuğilgan yil hamda suratda körsatilgan nazorat raqamlari tegişli darçalarga kiritib çiqiladi. Söng, «kiritiş» (Submit) tugmasi bosiladi. Agar Grin karta lotereyasida yutuq çiqmagan bölsa «​Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa program at this time​»​ yozuvi çiqadi.

Ma'lumot uçun, dastur qoidalari barça takroriy arizalar diskvalifikatsiya qilinişini talab etiladi. Agar siz dastur ğolibi sifatida saralangan bölsangiz va nomingizdan şu yilgi Grin Karta dasturi uçun birdan ortiq ariza topşirilgani aniqlansa, siz dasturdan diskvalifikatsiya qilinasiz.