Bu uyning ikki yuz yil davomida mavjudlik tarixida nimalar bo‘lmadi deysiz – hayvonlardan tortib, sharpalargacha, sirli tovushlar, bunkerlar, hovuz va bouling-klublargacha...

Oq uy AQSh prezidentining Vashingtonda joylashgan rasmiy qarorgohi. Amerikaning Jorj Vashingtondan tashqari barcha prezidentlari bu yerda «ro‘yxatdan» o‘tgan. Aytgancha, u aynan Jorj Vashington davrida qurilgan.

«AQSh, demokratiya va ozodlik» ramzi Oq uy palladian uslubi (arxitektor Jyeyms Hoban)dagi qasr. Qurilish ishlari 1792 yilda boshlanib, 1800 yilning 1 noyabrida tugalangan. Aynan o‘sha kuni AQShning ikkinchi prezidenti J. Adams uning daslabki «sohibiga» aylandi.

Oq uy belgilangan vaqtda omma uchun ochiq, biroq prezident va uning oilasiga tegishli xonalar hamda boshqa xususiy joylarga har doim ham borib bo‘lmaydi.

Oq uyda matbuot va OAV uchun ham joy mavjud. Tom Henks press-korpus «kofein»siz yashashini bilgach, shaxsan o‘zi press-ofis uchun sovg‘a taqdim etgandi: ikkita qahva mashinasi. Bu Oq uy to‘g‘risida siz bilmagan ko‘plab qiziqarli faktlardan biri xolos!

Jonivorlar uchun uy

AQShning 42-prezidenti Bill Klinton
Foto: GreenWord.ru

Umuman olganda, Oq uy doimo nafaqat prezidentlar, balki ko‘plab jonivorlar uchun yashash joyi bo‘lib kelgan. Masalan, prezident Guvr ikkita timsoh boqqan va kamdan-kam hollardagina ularni iniga qamagan. Jyeffersonda esa jonivorlar ovoziga taqlid qiluvchi qush bo‘lgan, u butun uy bo‘ylab bemalol uchib yurgan. Jon Kyu Adams ham yuqoridagi vannaxonada kichkina timsoh boqqan. Adamsning yordamchilaridan biri hayvonni «lavozim yo‘riqnomasi»ga ko‘ra ovqatlantirgan.

Bunga qo‘shimcha ravishda bu davr Oq uy Jon Belushi ishtirok etgan «Hayvonlar uyi»ga o‘xshab ketgan. 1820-yillar ochiq eshiklar davri bo‘lgan. Bu yerga istalgan odam tashrif buyurgan. Tashrifchilarga qulay sharoit yaratishga to‘g‘ri kelgan. Xususan, spirtli ichimliklar ham! Ko‘lmakka liker va musallas shishasini terib qo‘yib, tashrifchilar tashqariga chiqarilgan holatlar ma'lum! Bari mehmondorchilikka aylanib ketgan... Bugun bu maxsus xizmat uchun dahshatli holat bo‘lardi.

Katta? Kattaroq! Yanada kattaroq!