O‘zbekiston delegatsiyasining Gruziyaga13-14 may kunlari tashrifi doirasida Tbilisi meri o‘rinbosari I.Eloshvili va iqtisodiy rivojlanish xizmati rahbari A.Basiliya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berishgan Toshkent shahar hokimligidan.
Tomonlar shaharsozlik, jamoat transporti, tadbirkorlik, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Toshkent va Tbilisi shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitimni imzolash haqida kelishuvlarga erishildi.










