Özbekiston dunyoda ilk marta alohida bir mamlakat uçun erkin iqtisodiy zona taşkil etadi. Bu haqda respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov ma'lum qildi.

«Savdo-sanoat palatasi Çilonzor tumani hokimining nemis erkin iqtisodiy zonasi tuziş böyiça taqdimotini töla qöllab-quvvatlaydi. Aytiş mumkinki, Jahon savdo taşkilotiga a'zo 193 mamlakat orasida bu alohida davlat uçun taşkil etilgan birinçi erkin iqtisodiy zonadir. Men öylaymanki, germaniyalik investorlar buni munosib baholaşadi», – degan Ikramov. 

Nemis erkin iqtisodiy zonasini Toşkent şahridagi «Algoritm» majmuasi bazasi örnida, 16 gektardan ortiq maydonda taşkil etiş rejalaştirilgan.

Boş vazir Abdulla Aripovning sözlariga köra, Özbekistonda bunday yagona sanoat zonasining paydo bölişi Germaniya sarmoyalarini jalb qilişga va ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qöşimça turtki beradi.

Şu kunlarda Özbekistonga Germaniya işbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng köp sonli delegatsiyasi taşrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, şuningdek, kiçik va örta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor.