Savdo-sanoat palatasida bojxona-tarif tizimini tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan ekspertlar kengashining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar qilmoqda.

Muhokamasi 16 aprelda yakunlangan hujjat bilan 600dan ziyod tovarlarga import bojlarini bekor qilish, boshqalarining aksariyati uchun esa - bir necha martaga kamaytirish taklif qilingan. Islohot avtotransportdan tashqari, barcha turdagi mahsulotlarga ta'sir qiladi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan biri korzinka.uz supermarketlari tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov bo‘lib, u bojxona bojlarining yuqori stavkalari saqlanib qolishi nimaga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Agar bizning bozorni tariflar bilan himoya qilish imkoni bo‘lganda edi, ishlab chiqarish allaqachon o‘sgan bo‘lardi», - dedi Hoshimov.

Tadbirkorning qayd etishicha, o‘tgan 25 yil ichida O‘zbekistonda mintaqadagi eng yuqori tariflar bo‘lgan, bu esa, o‘z navbatida, imtiyozlarga ega bo‘lgan kompaniyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi va chetdan nazorat qilinmaydigan importni ko‘paytirmoqda.

Uchrashuvda natijalari ko‘rsatib o‘tilgan o‘z tadqiqotida Hoshimovning xabar berishicha, har kuni 200 mingga yaqin kishi chegara punktidan o‘tmoqda, o‘tgan yili chegarani kesib o‘tish yangi o‘tkazish punktlari ochilgani tufayli 10 baravar oshdi:

«Bu odamlarning barchasi qo‘shni mamlakatlardan faqat o‘z ehtiyojlari uchun narsalarni olib kelmayapti. Mahsulotlarning potensial oqimi 22 million dollarni tashkil etadi, bu puldan mamlakatning davlat byudjyetiga hech narsa kelmayapti», - deydi Hoshimov. 

Tadbirkor mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan tovarlarning rasmiy ravishda import qilinadigan mahsulotlardan o‘rtacha 30-40 foizga arzonligini qayd etdi:

«Uch yoki to‘rt oy ichida bu asosiy import kanaliga aylandi. Katta importchilar, distribyutorlar rasmiy savdolarni yo‘qotishdi, ba'zilari esa 70%gacha. Chunki bojxona rasmiylashtiruvi va barcha soliqlarni to‘lashdan so‘ng, biz bozorga qora bozorga nisbatan 30-40% qimmat narx bilan kiramiz. Agar biz bunga munosabat bildirmasak, yashirin import ham importyorlar, ham ishlab chiqaruvchilarni o‘ldiradi », - dedi Hoshimov. 

Tadbirkor bunday vaziyat bojxona to‘lovlarining kamayishi, soliqlarning qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi. Bundan tashqari, Hoshimov ta'kidlaganidek, bunday tovarlarning sifati nazorat qilinmaydi, yashirin iqtisodiyot tobora o‘sib bormoqda: