15 nafar fuqaro prokuratura organlari protestlariga asosan aybsiz, deb topildi va oqlandi – Bosh prokuratura
2017 yilning 12 oyida va 2018 yilning 4 oyida jami 379 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya asoslari bilan tugatilgan va aybsiz fuqarolar oqlangan (2007-2016 yillarda 22 nafar shaxs oqlangan). Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.
Shundan, 15 nafar fuqaro prokuratura organlarining protestlariga asosan aybsiz deb topilib, oqlangan.
Jumladan, Yashnobod tuman sudining 2016 yil 25 oktabrdagi hukmiga ko‘ra, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish guruhi inspektori X.Yuldashev JKning 182-moddasi 2-qismi “g” bandi (boj stavkalariga ta'sir qiladigan tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini noto‘g‘ri kiritish) bilan aybdor deb topilgan.
Bosh prokuratura tomonidan ushbu jinoyat ishi o‘rganilib, tovarlarga tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini kiritish X.Yuldashevning vakolat doirasiga kirmasligi sababli jinoyat ishini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish haqida keltirilgan protesti asosida Oliy sud tomonidan X.Yuldashev aybsiz deb topilib, oqlangan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekiston | 12:38
-
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi
Jahon | 12:21
-
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

19:27 / 07.09.2023
So‘nggi 7 yilda qariyb 5,3 ming kishi oqlandi. Bu kammi yoki ko‘p?

08:03 / 25.08.2023
Oliy sud qatag‘on qurbonlarining yana bir guruhini oqladi

10:19 / 07.01.2022
Oliy sud qatag‘on qurbonlaridan yana 120 nafarini oqladi

16:23 / 30.10.2021