10:20 / 18.05.2018
10290

«Barselona» Grizmann transferini jahon chempionatigacha e'lon qilmoqchi

«Barselona» yaqin haftalar ichida Fransiya terma jamoasi a'zosi Antuan Grizmann transferi borasidagi ishlarni yakunlamoqchi.

As nashri xabariga ko‘ra, katalonlar klubi xo‘jayinlari Madridning «Atletiko» klubidan Grizmann transferini Rossiyadagi jahon chempionati startigacha (14 iyunya – 15 iyulya) e'lon qilishni rejalashtirgan.

27 yoshli ushbu futbolchining «Atletiko» bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan. 2017/18 yilgi mavsumda Grizmann jamoasida barcha turnirlar doirasida 47 o‘yinda maydonga tushgan va 29 gol urgan.

Ayni vaqtda ushbu transferga yagona to‘siq – Grizmanning o‘zi bo‘lishi mumkin. Agar u «Barselona» bilan shartnoma tuzish fikridan qaytsa, 20 mln yevro miqdoridagi jarimani to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan dastlabki kelishuv bandlaridan biridir.

«Barselona» Grizmann uchun «Atletiko»ga yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun 115 mln yevro to‘lamoqchi (madridliklarning futbolchi bilan shartnomasida 100 million yevro miqdorida tovon puli to‘langan).

Top