Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi tomonidan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» direksiyalari direktorlari tayinlangani ma'lumot o‘rnida qayd etib o‘tilgan.
Direktsiyalar o‘z ma'muriy binolari ishga tushirilgunga qadar tuman va shahar hokimliklari binosidan tekinga foydalanib turishi ko‘rsatilgan.
Keyingi yillardan o‘zini-o‘zi ta'minlashga o‘tishi sharti bilan 2018-2019 yillarda ko‘rsatib o‘tilgan erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining 300 million so‘mlik nizom jamg‘armasi uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan ajratilishi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan.

















