Özbekiston prezidentining AQŞga taşrifi doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan konsultatsion xizmatlar töğrisida bitim imzolandi.

XMK Özbekistonda quyoş elektrostansiyalarini moliyalaştiriş, loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş uçun xususiy investorlarni jalb qiliş maqsadida davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirişga kömaklaşadi.

Tomonlar uşbu loyihalar uçun 1 milliard dollargaça investitsiyalarni jalb qilişni rejalaştirdilar.

Taşrif doirasida Jahon banki bilan umumiy qiymati 940 million AQŞ dollari miqdoridagi kredit bitimlari imzolandi. Uşbu mablağlar hisobidan Özbekistonda energiya samaradorligi, meva-sabzavotçilik va şoşilinç tibbiy yordamni yaxşilaş böyiça törtta yangi loyiha moliyalaştiriladi.