Oq uy Vashingtondagi eng muhim bino hisoblanadi. Biroq ko‘chaning narigi betida bir necha yillar mobaynida AQSh tarixi va siyosatida muhim o‘rin tutgan hukumatning mehmonlar uchun qarorgohi joylashganini hamma ham bilmaydi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng «Bler Haus» dunyoning eng eksklyuziv mehmonxonasi bo‘lgan. U yerda qirol oilalari va davlat rahbarlari yashagan.
16-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham «Bler Haus»ga joylashgan.
«Bler Haus» – prezidentning rasmiy mehmon uyi

U Oq uy joylashgan ko‘chaning ro‘parasida

«Bler Haus» 1820 yilda AQSh armiyasining tibbiyot boshqarmasi sakkizinchi boshlig‘i Jozef Lovel uchun qurilgan

1836 yilda prezident Endryu Jyeksonning tarafdori va yaqin do‘sti uyni 6500 AQSh dollariga xarid qilgan

1942 yil Franklin Ruzvelt boshqaruvi davrida AQSh hukumati binoni sotib oldi



































