Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonda majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha ko‘mak beradi
Jahon banki guruhi O‘zbekistonda millionlab kishi faoliyat olib borayotgan qishloq xo‘jaligi sohasini diversifikatsiyalash va sektorni zamonaviylashtirishga ko‘mak berishini ma'lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan rasmiy uchrashuv chog‘ida ma'lum qilingan.
Xabar qilinishicha, hamkorlikdan maqsad - qishloq xo‘jaligi sohasida transformatsiyani amalga oshirib, ayni ulkan sektorda, jumladan xalqning moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beruvchi paxta yetishtirish yo‘nalishida majburiy mehnatga batamom barham berishdan iborat.
"O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Dadil boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, tadbirkorlikka ochib berilayotgan yo‘l va davlat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish xususiy sektordagi sarmoyalarni mamlakatga jalb etishi tayin. Bu bilan yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi, davlat Markaziy Osiyo va jahonda ilg‘or iqtisodiyotga ega davlatlardan biriga aylanishiga shubha qilmayman", deydi Jahon banki prezidenti Kim.
Shuningdek, Jahon banki bilan 4ta yangi loyiha: energosamaradorlikni oshirish, sabzavot yetishtirish, tez tibbiy yordam xizmati kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 940 million dollarga teng shartnomalar imzolandi. Shunday qilib, Jahon bankining O‘zbekistondagi portfeli 2,8 milliard dollarga tenglashadi.
Mavzuga oid
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
11:44 / 23.04.2026