Islom dunyosi Al-Quds böyiça imtihondan öta olmadi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. Uning fikriça, musulmon davlatlari AQŞning Isroildagi elçixonasining Al-Qudsga köçirilişiga yetarliça keskin munosabat bildirişmagan.     

“Al-Quds bu şunçaki şahar emas. Bu musulmonlar uçun ramz, imtihon. Islom dunyosi bu imtihonni topşira olmadi. Butun dunyo ham uni topşira olmadi. BMT AQŞ sodir etgan bu qadamga samarali qarşi turolmadi. Biz, musulmonlar, qoralaşdan boşqa heç qanday çora körmayapmiz”, deb aytgan Erdöğan Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlariga qarşi Istanbulda ötgan köp ming kişilik namoyişda. 

Erdöğanning aytişiça, “agar musulmonlar birdam bölib, zulmga qarşi birga tursalar, unda Isroilning aqlsizligi uzoq davom etmaydi”. 

Namoyişda iştirok etgan Turkiya boş vaziri Binali Yildirimning aytişiça, “falastin xalqining adolatli kuraşi Turkiyaning ham kuraşidir”. U Isroil yetakçilarini Germaniya va Italiya faşistlari yetakçilariga tenglaştirgan. “Isroil hukumati, Gitler va Mussoliniga taqlid qilib, butun dunyoga özining asl mohiyatini körsatmoqda – ular bosqinçilardir va huquq me'yorlariga amal qilmaydi”, deb aytgan Yildirim.

AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi munosabati bilan Ğazo sektorida norozilik namoyişlari yangi kuç bilan boşlandi. Isroil askarlarining namoyişçilarni öqqa tutişi oqibatida 60 dan köproq falastinlik halok bölgan.