17:44 / 19.05.2018
19303

Qozog‘istonlik taniqli bokschi Shahram G‘iyosov bilan jang o‘tkazishi mumkin

Foto: VVS

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari chempioni qozog‘istonlik Doniyor Yeleusinov professional boksdagi navbatdagi jangini 6 iyun kuni Londondagi York Hall’da o‘tkazishi mumkin. Bu haqda sports.kz xabar berdi.

Qozog‘istonlikning bu jangdagi raqibi hozircha noma'lum. Biroq Doniyor Yeleusinovning ishlari bilan shug‘ullanuvchi Boxing Star menejyerlik kompaniya rahbari Ziyo Aliyevning aytishicha, o‘z mijozi havaskor boksda jahon chempioniga aylangan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov bilan to‘qnash kelishi mumkin.

"Doniyorning G‘iyosov bilan ehtimoliy jangi haqida – bu uzoq istiqbolda yuz berishi mumkin. Biroq, albatta, hech kim bunday imkoniyatni istisno etmaydi. Barcha tojni o‘ziga olishga intiladi – u yerda juda yaxshi bokschilar bor", - dedi Aliyev. 

Top