Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey va Tryudo G7 davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro kelishilgan harakatlarni muhokama qildi
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey kanadalik hamkasbi Jastin Tryudo bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Britaniya vazirlar mahkamasi saytida xabar berilgan.
«Tomonlar umumiy qarashlar, xavfsizlikni ta'minlash masalalari bo‘yicha yakdil pozitsiyani muhokama qilishdi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, bosh vazirlar «katta yettilik» uchun a'zo davlatlar o‘rtasidagi muvofiqlik muhim masalaga aylanishi» haqidagi fikrga qo‘shilishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guardian nashri Buyuk Britaniya rahbariyati 2018 yilga rejalashtirilgan xalqaro shakldagi sammitlar seriyasidan Rossiyaga qarshi alyansni yanada kuchaytirish maqsadida foydalanmoqchi ekani haqida xabar bergandi. Bu Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi tufayli o‘tkazilayotgan surishtiruv fonida yuz berishi kerak.
Mavzuga oid
07:22 / 28.03.2026
G7 neft zaxiralari: qaysi davlatda qancha?
09:33 / 12.03.2026
G7 Erondagi urush fonida Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi
12:03 / 11.03.2026
G7 va XEA hozircha o‘z neft zaxiralaridan foydalanmaydi
21:13 / 09.03.2026