Sport | 10:39 / 19.05.2018
11036
2 daqiqa o‘qiladi

«Real Madrid» skautlari Toshkentga tashrif buyuradi

Foto: FC Real Madrid

2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati «Real Madrid» klubi mutasaddilari bilan uchrashib, Qirollik klubining Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida, O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabini ochish, «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. 

Unga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga «Real» klubi skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi. 

Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari,  “Bunyodkor” stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida “Real Madrid Kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.  Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid