Sel - katta miqdorda toğ toşlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda toğdan oqib tuşuvçi suv oqimi bölib, muntazam jala quyişi (85% holatlarda), toğ qorlarining erişi (4% hollarida), toğ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirğoqlarining öpirilib ketişi (1,3% hollarida) va boşqa sabablar (9,7% hollarda) yuzaga kelişi mumkin, deb yozadi Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati. 

Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bölgan sel oqimi, yölidagi barça binolarni, aholi yaşaydigan uylarni, gidrotexnik inşootlarni buzib, qişloq xöjalik ekinlarini, boğlarni payhon qilişi mumkin. Bunday vaziyatda odamlar halok bölib, hayvonlarni nobud bölişi ham kuzatiladi. Özbekiston Respublikasidagi barça toğ va toğ oldi hududlari sel xavfi bölgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Farğona (14%), Surxondaryo (13%), Toşkent (12%), Samarqand (12%) va Qaşqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toşqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi. Sel oqimi vujudga kelişi aprel va may oylariga töğri keladi, bu davrda toğ va toğ oldi hududlarida köp yomğir yoğişi kuzatilgan.

Sel xavfi bölganda aholining harakati böyiça tavsiyalar

  • Sel xavfi bölgan hududlarda yaşovçi har bir kişi uning uyi, xöjaligini sel keliş hududida joylaşganligi haqidagi ma'lumotga ega bölişi kerak va Özgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan körsatmalardagi sel va suv toşqinidan himoya qiliş yöl-yöriqlariga albatta amal qilişi lozim.
  • Sel oqimining ötişi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va soğliğiga xavf tuğdirişi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bölganligi bir neça marta qayd qilingan).
  • Sel oqimlaridan faqat qoçib qutiliş mumkin. Sel xavfi töğrisida xabar eşitgandan söng darhol xavfsiz joyga köçiş harakatlarini qiliş kerak. Sel oqimining tez fursatda şakllanişi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatiş va muhofaza tadbirlarini bajariş uçun vaqt juda çegaralanganligini (bir neça daqiqadan 10-20 daqiqagaça bölişi mumkin) doimo yodda tutiş lozim.
  • Sel oqimidan xalos bölişning iloji bölmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga çiqiş kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etişi mumkin.
  • Sel oqimi ötgandan söng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta'minotining sozligini tekşiriş zarur.