Rossiyaning Ufa shahrida o‘smirlar o‘rtasida Osiyo Ochiq chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda 19 davlatdan eng sara qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Bahslar 3ta yosh toifasida o‘tkazildi.

Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

Mazkur turnirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi. 12-13 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda vakillarimiz tomonidan 3ta oltin, 5ta kumush va 4ta bronza medali qo‘lga kiritildi.  14-15 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bahslarda esa vakillarimiz 2 ta bronza va 5 ta kumush medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 4 marotaba shohsupaning eng yuqorisiga ko‘tarilishdi. 16-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda esa sportchilarimiz 4ta oltin, 5ta kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Umumiy hisobda 11ta oltin, 15ta kumush va 7 bronza medali bilan taqdirlangan o‘zbekistonlik qo‘l jangi ustalari umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

Birinchi o‘rin esa mezbon rossiyalik sportchilarga tegishli bo‘ldi. Qozog‘istonlik o‘smirlar esa medallar jamg‘arish bo‘yicha 3-natijani qayd etishdi.

Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Ruminiyaning Buxarest shahrida o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida vakillarimiz 15ta medalni qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan edi.