Germaniyada mamlakat kubogi finali ötkazildi.
Berlinda «Bavariya» va «Ayntraxt» klublari bellaşdi. 11-daqiqada Rebiç «Ayntraxt»ni hisobda oldinga olib çiqdi. 2-bölim boşida Levandovski javob töpini darvozaga yölladi.
82-daqiqada Rebiç himoyaçilar xatosidan foydalanib, yana bir gol urdi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda, myunxenliklarning hatto posboni ham hujumga ötib ketganidan foydalangan Gaçinoviç böş qolgan darvozani işğol qilib, yakuniy hisobning 1:3 bölişini ta'minladi.
Bu Yupp Haynkes uçun «Bavariya»dagi sönggi öyin böldi. Qiziği şundaki, uning örnini aynan «Ayntraxt» boş murabbiyi Niko Kovaç egallaydi.
Germaniya Kubogi, Final
Bavariya – Ayntraxt F 1:3 (0:1, 1:2)
19 may, «Olimpiyaştadion»
Gollar: 0:1 – 11 Rebiç, 1:1 – 53 Levandovski, 1:2 – 82 Rebiç, 1:3 – 90+6 Gaçinoviç.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Alkantara (Tolisso, 64), Kimmix, Xames, Riberi (Vagner, 87), Myuller (Koman, 70), Levandovski.
Ayntraxt F – Gradetski, Abraam, Villems, da Koşta, Salsedo, Maskarel, de Guzman (Russ, 74), Volf (Gaçinoviç, 60), Boateng, Rebiç (Aller, 89), Xasebe.
Ogohlantirişlar: Salsedo (7), Levandovski (37), Xasebe (45), Villems (45), Rebiç (82), Koman (86).

















