Jahon | 01:20 / 20.05.2018
20891
2 daqiqa o‘qiladi

Bolqonga tashrifi davomida Erdo‘g‘anga nisbatan suiqasd rejalashtirilayotganligi aniqlandi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Bolqon yarim oroliga, xususan Bosniya va Hertsegovinaga tashrifi mobaynida unga hujum uyushtirilishi rejalashtirilganini turk razvedka va xavfsizlik bo‘linmasi aniqlagan, deb yozadi Anado‘lu axborot agentligi.

Suiqasdda bir guruh turk askarlari ishtirok etishlari gumon qilingan. Makedoniya poytaxti Skope shahrida istiqomat qiluvchi turk millatiga mansub kishilardan olingan axborotga ko‘ra, «Prezident Erdo‘g‘anga uning Bolqon davlatlariga tashrifi davomida suiqasd uyushtirilishi mumkin».

G‘arb razvedka agentliklari ham turk razvedka bo‘linmalariga «Yaqin kelajakda Erdo‘g‘anning Bolqon yarim oroliga tashrifi chog‘ida bir guruh turk fuqarolari prezidentga nisbatan suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishayotgani»ni xabar berishgan. Bir necha manbalardan o‘xshash xabar olingach, bu masala yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Aniqlanishicha, batafsil razvedka tadqiqotlari o‘tkazilmoqda, lekin suiqasdning vaqti, kuni, joyi va uslubi haqida aniq ma'lumot topilmagan.

Boshqa tomondan, Erdo‘g‘anning Bosniya va Hertsegovina poytaxti Sarayevoga tashrifi 7 oktabrga mo‘ljallangan va bu umumxalq saylovidan oldin muxolifat tomonidan ichki siyosatga ta'sir o‘tkazish sifatida taklif qilingan.

Bosniya va Hertsegovina prezidentligi a'zosi, Bosniya musulmonlari vakili Bakir Izatbegovich boshliq muxolifat guruhlari Erdo‘g‘anning tashrifiga atab norozilik namoyishlari mo‘ljallashgan. Muxolifat a'zolari Skenderiya maydonida norozilik aksiyasi uyushtirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda.

Mavzuga oid