Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kristofer Allan Qiroliça Yelizaveta II tavallud ayyomi hamda şahzoda Garri va Megan Markl nikoh töyi munosabati bilan taşkillaştirilgan bayram keçasida Özbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarida yangi sahifa boşlangani haqida nutq sözladi.
«Prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga safari davomida Angliya poytaxtida töxtab, Buyuk Britaniya hukumati a'zosi Allan Dunkan bilan uçraşgani diqqatga sazovor. Bu suhbat 2016 yil dekabr oyida Özbekiston prezidentining Inauguratsiyadan söng köp ötmay, ser Dunkan bilan uçraşuvini mantiqan davom ettirişga imkon yaratdi», deydi elçi.
Şotlandiyalik diplomatning ta'kidlaşiça, bu paytdan buyon Özbekistonda katta özgarişlar yuz berdi.
«Buyuk Britaniya Özbekistonning Harakatlar strategiyasini töliq qöllab-quvvatlaydi va Özbekiston hukumatidagi hamkorlarimiz bilan qölimizdan kelgança keng kölamli uşbu islohotlar dasturini amalga oşiriş uçun kömak berib kelmoqdamiz. Bir neça misol keltirsak, bu yil Vestminster demokratiya jamğarmasi Özbekiston parlamenti bilan, Buyuk Britaniya xalqaro milliy hukumat maktabi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan iş olib borişni rejalaştirgan. Biz BMT va Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi hamda nodavlat notijorat taşkilotlar bilan fuqarolik jamiyatini mustahkamlaşda hamkorlik qilamiz», deydi Kristofer Allan.
Buyuk Britaniya elçisining aytişiça, Özbekiston bilan munosabatlarda ta'lim sohasi alohida örin egallaydi. Şuningdek, Buyuk Britaniya va Özbekiston aloqalarida muhim vazifani bajarayotgan ta'lim sohasi fidoyilariga elçi janoblari taşakkurini bildirdi.
«Özbekiston va Buyuk Britaniya örtasidagi savdo hajmi ham ösib bormoqda. Ammo, öylaşimizça, salohiyatimiz bundan ortiq. Ötgan oy London şahrida bölib ötgan Energetika sohasidagi yirik savdo va investitsiya forumida Özbekistonni qöllab-quvvatladik. Buyuk Britaniya eksport agentligi Özbekistondagi yirik loyihalarni moliyalaştiriş uçun 1,25 milliard funt-sterling sarmoya kiritişga tayyor ekanligini bildirdi», deb nutqini yakunlagan u.
















