Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ bilan munosabatlari haqida gapirarkan, nega Özbekistonga AQŞ sarmoyasi va texnologiyasi zarur ekanligiga oydinlik kiritdi. Bu haqda davlat rahbari 19 may kuni Uluğnor tumanida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilgan.
"Andijon ahli yaxşi biladi, buyuk bobolarimiz xoklari Hirotda. Özbek millati uçun Hirotgaça yetib borsak, buyuk bobolarimiz ruhi madadkor böladi. Albatta, bunda afğon xalqining manfaati bor, iqtisodiyoti bor. Lekin, bobolar ruhi şod böladi, millatim vakili ötyapti, deydi. Şuning uçun, katta temir yöl qurilişi taşabbusi bilan çiqqandik, katta rahmat, AQŞ Prezidenti Donald Tramp qöllab-quvvatlab, biz bayonnoma qabul qildik. Qöşma bayonotda ham AQŞ Afğonistondagi temir yöl qurilişini har tomonlama qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Şundan söng, Jahon bankiga borib, endi menga pul berasan, deb, ular bilan döstlaşib, darrov qöl qöydirib oldik. Xudo xohlasa, şu kunlarga yetib olsak, bobolarimizning qabrini obod qilamiz. Şuningdek, Jahon banki guruhi bilan 2 milliard dollarga teng loyihalarni birgalikda amalga oşiriş yuzasidan bitimlar tuzildi. Amerika kompaniyalari bilan umumiy qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng 20dan ortiq şartnomalar imzolandi. Aslida, bu 8,5 milliard dollar bölişi rejalaştirilgandi, lekin naqdini yozamiz, dedim. Şunga qaramay, 10-15 kun içida 1,5 milliard dollarga teng katta loyihaga ham imzo qöyamiz.
Xullas, bir nimani tuşuning: nima uçun bizga AQŞ sarmoyasi, texnologiyasi kerak? Çunki, unaqa texnologiya va işlanmalar hali Özbekistonga kirmagan. Eng rivojlangan, kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi, lekin AQŞ texnologiyasi kirgan davlatda hisob-kitob joyida böladi. Ularning texnologiyasi kirgan joyda korrupsiya, öğrilik bölmaydi. Bu bir mezon, tarozining pallasi böladi. Şuning uçun, ular osonlik bilan bironta davlatga sarmoyasini kiritmaydi", – deydi Prezident.

















